AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`adi

'Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ayrim hududlarga tuman tushishi va shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar