Barchaga ma`lumki, joriy yilning 20 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoev tadbirkorlari bilan ilk bor ochiq muloqot o`tkazib, unda tadbirkorlardan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilgan mulklari zararini mahalliy hokimliklar to`liq qoplashi aytilgan edi.
Ma`lum qilinishicha, Qashqadaryoda joriy yilning avgust-sentyabr oylari davomida viloyat bo`yicha 70 ta tadbirkorlik sub`ektlariga noturar ob`ektlari zararini qoplash uchun 11 mlrd. 527.4 mln. so`m mablag` to`lab berilgan.
Yuqoridagi ma`lumotlarga asosan, er uchastkalariga oid tadbirkorlarga etkazilgan zararlarni to`lab berishda eng ko`p holat Muborak tumanida qayd etilgan bo`lib, birgina tumanda 34 ta noturar ob`ektlar uchun 3 mlrd. 56.6 mln. so`m ajratilgan. Shuningdek, keyingi 2 va 3-o`rinlarda Qarshi shahri (2182.2 mln.) va Chiroqchi tumanlari (2011.9 mln.) bo`lib, mos ravishda zarar miqdorlari to`lab berildi.






