Tataristonda bortida parashyutchilar bo`lgan L-410 samolyoti qulab tushdi, deb xabar bermoqda Interfaks va REN TV.
Ularning ma`lumotlariga ko`ra, bortda 22 kishi - mahalliy uchish klubi parashyutchilari va ekipaj a`zolari bo`lgan. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, 19 kishi halok bo`lgan.
TASS manbasiga ko`ra, samolyot respublika sharqidagi Menzelinsk shahrida qulagan.
Tatariston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tataristonda Let L-410 Turbolet halokatini tasdiqlagan.






