AsosiySalomatlik
13529

Nima egingiz kelayotganidan sizga qaysi vitamin etishmayotganini aniqlaymiz!

Tez-tez bir turdagi mahsulotni iste`mol qilayotganingiz, asabiylashganda pista, bodom yohud shokoladni ko`nglingiz tusashi sezgi refleksining «o`yini» emas. Bu organizmingizdagi u yoki bu vitamin zahirasining nurab borayotganidandir. Diqqat qilsangiz, muammo nimada ekanligini bilib olasiz. 

•  Shokolad bilan «orani ochiq» qilolmayotganingiz organizmingizda magniy moddasi taqchilligi yuzaga kelganini bildiradi.  Bu holatda taomnomangizda yong`oq, er yong`og`i, bodom, sariq bulg`or qalampiri, meva va dukkakli don mahsulotlari kiritilishi lozim. 
•  Xamirli taomlarni ham non bilan iste`mol qilayotgan bo`lsangiz, demak sizda azotning miqdori kamayib ketgan. O`rnini to`ldirish uchun  go`sht, baliq, yong`oqlarning barcha turlari hamda dukkakli mahsulotlarga e`tibor qarating. 
•  Muz bo`laklarini sharbatga solish bilan birga o`zini shu holicha egingiz kelsa, temir moddasi etishmayotgan bo`ladi. Siz uni olcha, dengiz karami, baliq va parranda go`shti hamda ko`katlardan tayyorlangan eguliklardan topasiz. 
•  Yoqtirgan eguligingiz yog`li taom va gazlangan ichimliklar bo`lsa,bilingki kalsiy moddasiga ehtiyojingiz bor. Brokkoli, pishloq, kunjut, mosh va loviyadan tayyorlangan mahsulotlar bilan muammo echimini topishingiz mumkin. 
•  Ertalab bir finjon qahva ichmay tetiklasholmaysiz, kun bo`yi tez-tez qora choy ichgingiz keladi – tashhisingiz oltingugurt (sera) etishmasligi. Siz uchun karam, gulkaram, turp, brokoll, zanjabil kabilarni taomnomada ko`paytirish tavsiya etiladi. 
•  Kechqurun tavsiya etilmasada, shirinlik eysiz. Qovurilgan taomlarga ham yo`q deyolmaysiz...Organizmingizda uglerod kamayib borayapti. Ko`proq meva va sabzavotlarga ixtiyor bering. 
•   Tuzlamalar jonu dilingiz, sho`r, tuzi ustiga chiqib turgan eguliklarni maza qilib eysiz. Ammo bu  holat organizda xloridlar taqchilligi sabab yuzaga keladi-da. Taomnomangizga echki suti, baliq va oshlanmagan dengiz tuzini kiriting.
•  So`nggi paytlarda suyuq taomlarni ko`proq iste`mol qilayapsizmi? Balki organizmingiz keraklicha suyuqlik miqdoriga ega bo`lolmayotgandir? Kun davomida 8-10 stakan suv iching, limon yoki laym sharbatini aralashtirib olsangiz foydasi ikki karra ortadi. 
•   Bir nimalarni tamaddi qilmay ish qilolmaysizmi?  Demak sizda triptofan vatirozin (aminokislotalar) etishmovchiligi yuzaga kelgan. Jigar,  kartoshka, ismaloq, mayiz eng, shuningdek qizil va olovrang mahsulotlarga ham diqqat qiling. 
•  Ishtahangiz yo`q, ochiqsangiz ham bazo`r taomlanasiz. Bu hodisa V1 va V2 vitaminlari kamayib ketganida kuzatiladi. Yong`oqlar, pista, baliq va parranda go`shti, loviyadan tayyorlangan eguliklarni sinab ko`ring. 
•  Tamakiga bo`lgan ehtiyoj kun sayin ortib borayotganligi kremniy, tirozin moddalarining «g`amlab» olishdan darak beradi. Bunda sizga yong`oqlarning barcha turlari, S vitaminiga boy mahsulotlar, qizil va olovrang meva va sabzavotlar asqotadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar