AsosiyDunyo

BMTning yoshlar huquqlari haqidagi birinchi rezolyusiyasi qabul qilindi

'BMTning yoshlar huquqlari haqidagi birinchi rezolyusiyasi qabul qilindi'ning rasmi

 BMT Inson huquqlari bo`yicha kengashi O`zbekiston tashabbusi bilan Pandemiyalar davrida yoshlar huquqlarini ta`minlash bo`yicha rezolyusiyani qabul qildi.

TIV axborot xizmati bu haqda xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, unda BMT Inson huquqlari kengashiga a`zo 47 ta davlatdan hammasi bir ovozdan unga rozilik bildirgan.

Maqsadli ishlar tufayli O`zbekiston tomoni barcha qit`alardagi ko`pchilik davlatlarning qo`llab-quvvatlashiga erishgan.

"Rezolyusiyaning qabul qilinishi jahon hamjamiyati tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida mamlakatda amalga oshirilayotgan xalqaro tashabbuslar va islohotlar dasturlarining keng qo`llab-quvvatlanayotganidan dalolatdir",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar