AsosiyJamiyat

Namanganda 14 yoshli haydovchi 23 yoshli yo`lovchini halok qildi

'Namanganda 14 yoshli haydovchi 23 yoshli yo`lovchini halok qildi'ning rasmi

2021 yil 8 oktyabr` kuni soat 15:00 larda, R-263 Uychi aylanma yo`lining 7 km. da, Uychi tumani Oqtosh MFY hududida, Uychi tumanida ota-onasi qaramog`ida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o`quvchisi, 2007 yilda tug`ilgan bola birga yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan otasini nomida bo`lgan Neksiya rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, YTH sodir etdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 14 yoshli haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan fuqaroning boshqaruvida bo`lgan Matiz rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan.
Natijada, Matiz rusumli avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, 1998 yilda tug`ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan. Matiz va Neksiya avtomashinasi xaydovchilari hamda Neksiya rusumli avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Uychi tumanida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqarolar miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.

    Boshqa yangiliklar