AsosiyDunyo

Yaqinda butun dunyo bo`yicha PFIZER vaksinasi bilan 5-11 yoshli bolalar ham emlanadi

'Yaqinda butun dunyo bo`yicha PFIZER vaksinasi bilan 5-11 yoshli bolalar ham emlanadi'ning rasmi

AQShning Pfizer kompaniyasi joriy yilning noyabrida uning profilaktikasini boshlash niyatida.

Ayni paytgacha 5–11 yoshli bolalarni koronavirusga qarshi emlash uchun mo`ljallangan vaksinalarning zaxirasi tayyorlangan. Vaksina esa federal organlarning tasdig`idan o`tish uchun taqdim etildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Mutaxassisning ta`kidlashicha, AQSh mahsulotlari va dori vositalari dastlab nazorat boshqarmasi tasdig`idan o`tadi. Shundan keyin vaksina kasalliklar profilaktikasi va nazorati Markazi tahliliga topshiriladi. Tahlil natijalari ijobiyligi tasdiqlansa u bolalarni emlashda qo`llaniladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq  O`zbekistonda 87 ming nafardan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasini qabul qilgani haqida xabar  berilgandi.

    Boshqa yangiliklar