AsosiyDunyo

Kanadada meteorit uy tomini sindirib, uxlab yotgan ayol yostig`iga quladi

'Kanadada meteorit uy tomini sindirib, uxlab yotgan ayol yostig`iga quladi'ning rasmi

Kanadada meteorit uy tomini sindirib, uxlab yotgan ayol yostig`iga qulab tushdi. Bu haqda "Victoria News"ga tayanib Zamon xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu g`ayrioddiy voqea Britaniya Kolumbiyasi janubi-sharqida sodir bo`lgan. Meteorit mahalliy fuqaro Rut Xemiltonning boshidan bir necha santimetr pastga tushib, uyi tomini yorib o`tdi.

Ayolning aytishicha, u baland ovozdan uyg`onib ketgan va, qarasa, uning boshi yonida noma`lum jism turibdi va shift teshilgan.

Hozirda ayolning ahvoli ancha yaxshi: hech qanday jarohat olmagan. Uning so`zlariga ko`ra, bu holat unga hayotga yangicha qarash imkonini berdi.

"Hozir xayolimga faqat bir narsa keladi - bu hayot bebahodir va u istalgan vaqtda tugashi mumkin, garchi siz o`z to`shagingizda yotganingizda ham", - dedi Xamilton.

Ayol meteorit parchasini nabiralari uchun esdalik sifatida saqlashni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar