8-9-oktyabr kunlari Farg`ona viloyati Bog`dod tumani bolalar-o`smirlar sport maktabida belbog`li kurash bo`yicha 2003-2004-yilda tug`ilgan o`g`il bolalar va qizlar o`rtasida O`zbekiston kubogi o`tkazildi.
Musobaqada Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar g`oliblik uchun kurash tushishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu mamlakat kubogida o`g`il bolalar belbog`li kurashning erkin va klassik yo`nalishlarida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo`nalishda 7 ta vazn toifasida g`oliblik uchun bellashishdi.
Ikki kun davom etgan bellashuvlar yakuniga ko`ra, quyidagi polvonlar o`z vazn toifalarida g`olib chiqishdi.
Klassik yo`nalish. O`g`il bolalar
-42 kg: Oybek Sodiqov (Farg`ona),
-46 kg: Bunyod Rasulov (Farg`ona),
-50 kg: Hayotbek Kamoliddinov (Farg`ona),
-55 kg: Jamoliddin Ne`matullaev (Namangan),
-60 kg: Ismoil Umrzoqov (Namangan),
-65 kg: Fayozbek Abdug`afforov (Farg`ona),
-71 kg: Hasanboy To`xtasinov (Andijon),
-77 kg: Bekzod Kamoliddinov (Andijon),
-83 kg: Murodjon Sobirjonov (Namangan),
-90 kg: Oybek Muhammedov (Farg`ona),
+90 kg: Bahodir Mehmonov (Farg`ona).
Erkin yo`nalish. Qizlar
-44 kg: Moldir Alimbaeva (Qoraqalpog`iston Respublikasi),
-48 kg:Zulayho Abdujabborova (Namangan),
-52 kg: Yulduz Abdullaeva (Sirdaryo),
-57 kg: Yasmina Sodiqova (Namangan),
-63 kg: Qizlarxon Husanova (Namangan),
-70 kg: Lazzat Tolipbergenova (Qoraqalpog`iston Respublikasi),
+70 kg: O`g`iloy Salimova (Farg`ona).
O`g`il bolalar. Erkin yo`nalish
-42 kg: Quvonch Ermuxammedov (Namangan),
-46 kg: Amirxon Abduqaxxorov (Toshkent vil.),
-50 kg: Shahzod Usmonov (Toshkent vil.),
-55 kg: Shohjahon Mamatkarimov (Farg`ona),
-60 kg: Nodirbek Turg`unpo`latov (Namangan),
-65 kg: Hasanboy Abdusobirov (Farg`ona),
-71 kg: Jahongir Nizomiddinov (Namangan),
-77 kg: Ahmadali Soliev (Andijon),
-83 kg: Inomjon Yangiboev (Farg`ona),
-90 kg: Bobur Madaminov (Farg`ona),
+90 kg: Toshpo`lat Asadov (Buxoro).
Bellashuvlar yakunida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va sovg`alar bilan mukofotlanishdi.






