AsosiyDunyo

Xitoyning Shansi viloyati suv ostida qoldi

'Xitoyning Shansi viloyati suv ostida qoldi'ning rasmi

Xitoyning Shansi provinsiyasi uzoq davom etgan kuchli yomg`ir tufayli suv ostida qoldi. Natijada 120 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi.  

Bu haqda Sinhua agentligi xabar bermoqda.  

Provinsiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, 76 okrug, shahar va tumanlardan 1,76 million kishi suv toshqinidan zarar ko`rgan. Qariyb 190 ming gektar qishloq xo`jalik erlariga ziyon etgan, 17 mingdan ortiq bino qulab tushgan.  

Manbada aytilishicha, favqulodda xizmatlar zarar ko`rgan aholiga 4000 ta chodir, 3200 ta yig`iladigan to`shak, yostiq ajratgan.

Izzatbek ABDUVAHOBOV tayyorladi

    Boshqa yangiliklar