Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o`rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainaning hozirgi rahbariyati bilan aloqalar ma`nosiz ekanligi haqida maqola yozdi. Maqola "Kommersant" nashrida chop etilgan.
Medvedevning so`zlariga ko`ra, Ukraina rahbarlari o`zini barqaror identifikasiyalashga qodir bo`lmagan odamlardir. Ukrainaning amaldagi Prezidenti Vladimir Zelenskiy butun umri davomida rus tilida gapirgan, lekin hokimiyatga kelganidan so`ng u o`zining siyosiy va ma`naviy yo`nalishini butunlay o`zgartirib, eng quturgan millatchi kuchlarga astoydil xizmat qila boshladi, deb ta`kidlagan Medvedev.
Ikkinchidan, Medvedevga ko`ra, Ukrainaning hozirgi rahbarlari mutlaqo qaram odamlardir. Uning fikricha, mamlakat butunlay AQSh va Evropa Ittifoqi hukmiga bog`liq, shu sabab Rossiya uchun vassallar bilan kurashish ma`nosiz.
Uchinchidan, Medvedev fikricha, Ukraina hukumati faqat cho`ntagini to`ldirishga intiladigan zaif odamlardan iborat. "Rasmiy Kiev bilan shug`ullanmasligimizning to`rtinchi sababi, bu mamlakat chet eldagi xo`jayinlarini rozi qilish uchun o`z pozisiyasini doimiy ravishda o`zgartiradigan johil va keraksiz odamlar tomonidan boshqariladi", — deb ta`kidlaydi Medvedev.






