AQShning Alyaska shtatining Chignik shahrida 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati (USGS) xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, zilzila Chignik shahridan 114 km sharqda ro`y bergan. Zilzila o`chog`i 69,1 km chuqurlikda bo`lgan.
AQShning sunamilardan ogohlantirish milliy tizimi zilzila oqibatida sunami yuz berishi kutilmayotganini ma`lum qilgan. Tabiiy hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi va talafotlar yuz bergani haqida ma`lumot berilmagan.
Izzatbek ABDUVAHOBOV






