Ijtimoiy tarmoqlarda "Yuqorichirchiq tumanida do`sti bilan poyga o`ynagan 2003 yil tug`ilgan yigit xalok bo`ldi"sarlavhali video xabar tarqaldi.
https://t.me/MILITSIYA_UZB/43550
YHXBB Toshkent viloyatida sodir bo`lgan mazkur hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha joriy yilning 1 sentyabr kuni soat 14:00 larda, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan o`tgan 4P-15 "Qiziltog`-Yangibozor" avtomobil yo`lining 67-kilometrida haydovchi, 2003 yilda tug`ilgan M.M. (haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan) "Vaz-2107" rusumli avtomobilda "Yangibozor-Parkent" yo`nalishida harakatlanayotib rul boshqaruvini yo`qotadi.
Oqibatda yo`ldan chiqib ketib, chap tomonda bo`lgan beton devorga uriladi.
Natijada, haydovchi M.M. og`ir tan jarohatlari tufaydi shifoxonada vafot etgan.
"Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Barcha ota-onalardan haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.






