Shu kunlarda O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi delegasiyasi Sloveniyada amaliy tashrif bilan bo`lib turibdi. Tashrif doirasida Sloveniya Respublikasi Korrupsiyaning oldini olish komissiyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv doirasida O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Sloveniya Respublikasi Korrupsiyani oldini olish komissiyasi o`rtasidagi o`zaro anglashuv to`g`risidagi memorandum imzolandi. Tomonlar kadrlar malakasini oshirish yuzasidan tadbirlar tashkil etish, tajriba almashish, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo`yicha axborot almashish, ikki davlat korrupsiyaga qarshi kurashish organlari o`rtasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.






