AsosiyJamiyat

O`n ming fuqaroni Rossiyaga ishga jo`natish loyihasini amalga oshirish bo`yicha muzokaralar o`tkazildi

'O`n ming fuqaroni Rossiyaga ishga jo`natish loyihasini amalga oshirish bo`yicha muzokaralar o`tkazildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari E.Muhitdinov hamda Rossiya Federasiyasi qurilish va uy-joy xo`jaligi vaziri o`rinbosari N.Stasishin va Mehnat va bandlik federal xizmati (Rostrud) rahbari M.Ivankov boshchiligidagi Ichki ishlar vazirligi “Pasport-viza xizmati”, Tibbiy-biologik federal agentligi va boshqa vakolatli tashkilotlar vakillari o`rtasida Moskva shahrida muzokaralar o`tkazildi.

 

Muzokaralarda qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming fuqaroni Rossiya Federasiyasiga tashkiliy tarzda ishga jo`natish loyihasini amalga oshirishning dastlabki natijalari muhokama qilindi. Xususan, Rossiya tomoni talabi bo`yicha hozirgi vaqtda nomzod ro`yxati shakllantirilyotgani ma`lum qilinib, loyihani amalga oshirish jarayonida tomonlarning vazifalari, ularni bajarish muddatlari, ish beruvchi va mehnat migrantlari o`rtasida tibbiy ko`rikdan o`tkazish, emlash, transport, patent rasmiylashtirish kabi xarajatlar bilan bog`liq yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarni hal etish, ish haqi miqdori kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

 

Eslatib o`tamiz, ushbu loyiha doirasida fuqarolarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishni tashkil etish uchun tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimlari O`zbekistonga etib kelgani, endilikda patent olishda talab etiladigan tibbiy ko`rik mamlakatimiz hududida amalga oshirilishi ma`lum qilingan edi.

 

    Boshqa yangiliklar