JSST ma`lumotiga ko`ra:
- dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 237 million 383 mingdan ortdi. 4 million 842 mingdan ziyod kishi vafot etgan (11.10.2021. Evropa vaqti bilan 17:52 holatida).
Oxirgi sutkada 236 629 ta yangi kasallanish holati aniqlandi.
3 302 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universiteti ma`lumotiga ko`ra :
dunyoda 238 million 274 mingdan ortiq odam kasallik yuqtirgan. 4 million 857 mingdan ortig`i vafot etgan (12.10.2021. Toshkent vaqti bilan 12:18 holatida).
JSSTga ko`ra, kasallanish bo`yicha quyidagi davlatlar yuqori o`rinda:
- AQSh (43,792 milliondan ortiq),
- Hindiston (33,971 milliondan ortiq),
- Braziliya (21,516 milliondan ortiq),
- Buyuk Britaniya (8,154 milliondan ortiq),
- Rossiya (7,804 milliondan ortiq).
Jons Xopkins universitetiga ko`ra, dunyoda 6 milliard 497 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi.






