AsosiyJamiyat

Navbatdagi Xalqaro maqom san`ati festivalini Buxoroda o`tkazish taklif etildi

'Navbatdagi Xalqaro maqom san`ati festivalini Buxoroda o`tkazish taklif etildi'ning rasmi

O`zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev buxorolik saylovchilar qarshisida ma`ruzasini davom ettirarkan, Buxoro – milliy san`atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri ekanligini e`tirof etib, bu borada ham o`z takliflarini berdi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

“Maqom san`atining gultoji bo`lmish “Shashmaqom”ning olamshumul shuhrat topishida ushbu zaminning hissasi beqiyosdir. Navbatdagi Xalqaro maqom san`ati festivalini Buxoroda o`tkazsak, dunyo maqom ustalari shu erda jamuljam bo`lsa, bu albatta go`zal va tarixiy anjuman bo`ladi”, dedi amaldagi prezident.

Ma`lumot uchun, Xalqaro maqom san`ati festivali ilk bor 2018 yil sentyabr oyida Shahrisabz shahrida bo`lib o`tgan edi.

Uch yil avval oliy diniy ta`lim muassasasi sifatida qayta tiklangan Mir Arab madrasasi faoliyat boshlaganiga kelgusi yilda hijriy yil hisobi bo`yicha 500 yil to`ladi.  

Shavkat Mirziyoev o`z ma`ruzasida shu muhim sanani ham xalqaro miqyosda nishonlash lozimligini ta`kidlab o`tdi.

    Boshqa yangiliklar