Gresiyaning Krit orolining chekka qismida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati (USGS) xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, zilzila markazi 10 kilometr chuqurlikda bo`lgan.
AQShning sunamilardan ogohlantirish milliy tizimi zilzila oqibatida sunami yuz berishi kutilmayotganini ma`lum qilgan. Tabiiy hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi va talafotlar yuz bergani haqida ma`lumot berilmagan.
Ma`lumot uchun, 27 sentyabr kuni ham Gresiyaning Krit orolida 6,5 magnitudali zilzila yuz bergan.
Izzatbek Abduvahhobov tayyorladi






