AsosiyDunyo

Filippinda tayfun tufayli 9 kishi halok bo`ldi

'Filippinda tayfun tufayli 9 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Filippinning Luson orolining shimoli qirg`oqlariga yopirilgan kuchli to`fon tufayli 9 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Inqueirer nashri xabar bermoqda, deya yozmoqda "korrespondent".

Qayd etilishicha, to`fon tufayi 11 kishi bedarak yo`qolgan, jarohatlanganlarning soni ko`pchilikni tashkil qilmoqda.  

Bundan tashqari, tabiiy ofat tufayli Benget provinsiyasida uch  kishi vafot etgan bo`lsa,  Palavan provinsiyasida 4 kishi hayot bilan vidolashgan.

Tayfun kuchli suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Hukumat aholini xavfsiz hududlarga evakuasiya qilgan. Hozirda etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi 

    Boshqa yangiliklar