Avvalroq, O`zbekistondan Rossiyadagi qurilish jarayonlariga 10 ming nafar mehnat migranti ishga jalb qilinishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, nomzodlarni ishga jalb qilish, tibbiy ko`rikdan o`tkazish, emlash, rus tili va Rossiya qonunchiligi bo`yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari — ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ham aytilgan.
Rossiya Federasiyasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan mehnat mirgantlarini emlash uchun yangi turdagi "Sputnik Layt" (Sputnik Light) vaksinasining 12 ming dozasi yurtimizga olib kelindi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, "Sputnik Layt" bir komponentli vaksina bo`lib, u bilan to`liq emlanish uchun vaksinaning bir dozasini olish kifoya qiladi.
Ushbu vaksina bilan faqat yurtimizdan yuborilishi mo`ljallangan 10 ming nafar quruvchi migrantlar emlanadi. Vaksinasiya jarayoni rossiyalik tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Emlash jarayonlari tez orada boshlanishi kutilmoqda.






