Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlari nomigagina, sahnalashtirilgan tarzda o`tkazilayotganligi qayd etilmoqda. Ekspert sifatida partiyalardan prezidentlikka nomzolarning saylovoldi uchrashuvlarini tahlil qiladigan bo`lsak ularda o`ziga xos yondashuvlar, yangicha formatlarda tashkil etish tendensiyalari namoyon bo`lmoqda. Shu jihatdan yuqoridagi tahlillarni asosiz ekanligini qayd etishimiz mumkin.
Jumladan, “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov 7 oktyabrda Farg`ona shahridagi raqamli texnologiyalar markazida yoshlar bilan uchrashuvi, unda yosh iqtidor egalari – Xayrulla bilan ingliz, Madina bilan arab tilida suhbatlashdi. Bu bilan nomzod bir qancha xorijiy tilni bilishini namoyon etib ko`plab saylovchilarning ko`ngliga yo`l topa olgan bo`lsa ajab emas.
Xullas, saylovchilar bilan uchrashuv ovoz to`plashning muhim bosqichi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bunday uchrashuvlarga jiddiy e`tibor qaratish nomzodning ham, partiyaning ham jamiyatdagi nufuzini oshiradi. Nomzodlar ana shundan kelib chiqib uchrashuvlarni yangicha formatlarda va yondashuvlarda tashkil etmoqdalar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bunday tendensiya joriy yildagi saylov jarayonlarining o`ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
Oybek Sirojov






