AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev bir guruh "Zakovat"chilarni mukofotladi

'Shavkat Mirziyoev bir guruh "Zakovat"chilarni mukofotladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zakovat" intellektual o`yini faol ishtirokchilaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida"gi farmoni qabul qilindi. 

Unga ko`ra quyidagilar davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Abdullaev Abdurasul Muminovich-«Zakovat» intellektual klubi» nodavlat notijorat tashkiloti direktori

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Jumanov Behzod Tursunbaevich-Gurlan tumanidagi 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati
Xodjaev Navruz Azamatovich-Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati
Xodjaev Feruzbek Kaxramon o`g`li-«Ishonch» do`konlar tarmog`ining Xiva filiali boshqaruvchisi, Xorazm viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Matkarimov Azamat Xurmatovich-Xiva shahridagi Prezident maktabining informatika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati
Tajiev Jamoladdin Nurlaevich-Xiva shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati
Hasanov Shodlik Bekpo`latovich-Xorazm Ma`mun akademiyasi raisining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari, Xorazm viloyati

    Boshqa yangiliklar