AsosiyJamiyat

Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun lisenziya talab qilinmaydi

'Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun lisenziya talab qilinmaydi'ning rasmi

  “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqidagi Qonun (O`RQ–721-son, 12.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

 Qonunga muvofiq, ayrim lisenziyalanadigan faoliyat turlari bilan ruxsatnoma va xabardor qilish orqali shug`ullanishga ruxsat berilganligi munosabati bilan bir qator qonunlarda lisenziya talabi bekor qilindi.

Shunga ko`ra, Jinoyat kodeksiga xabardor qilish yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug`ullanish juda ko`p miqdorda daromad olish bilan bog`liq bo`lganida jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishiga oid javobgarlik kiritildi.

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksida ham mazkur harakatlar uchun javobgarlik choralari belgilandi.

“Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to`g`risida”gi Qonunda farmasevtika faoliyatining quyidagi yo`nalishlariga lisenziya olish talab qilinmasligi belgilandi:

-tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizasiya qilish;

- dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo`yicha  ilmiy-tadqiqot ishlari;

-dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;

- dorivor o`simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.

    Boshqa yangiliklar