Energetika vazirligi shtabi tomonidan sentyabr oyida o`tkazilgan tadbirlar davomida Navoiy viloyati, Karmana tumani, Bog`i-shamol MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Rubin Karmana” MChJga qarashli asfalt ishlab chiqarish sexida o`rnatilgan STG 50/100 zavod raqami 24792 bo`lgan “Flogaz” rusumli gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta`sir ko`rsatish natijasida tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzilish holati aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Dastlabgi hisob-kitoblarga ko`ra, noqonuniy ulanish natijasida jami 242 ming 864 kub metr tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanilgani ma`lum bo`ldi. Buning natijasida, gaz ta`minoti korxonasiga etkazilgan zarar miqdori 242 million 864 ming so`mni tashkil etgan.
Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 20 mingta xonadonning 1 kunlik iste`molini tashkil qilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Izzatbek Abduvahobov






