Xabar yuzasidan FVV quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.
Kecha, 12-oktyabr kuni soat 23:38 da Samarqand viloyati Bulung`ur tumani “Olmazor” MFYdan o`tgan M-39 yo`lining 1048 km.da harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomashinasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da etib borib, yong`in soat 00:05 da qurshab olingan va soat 01:12 da o`chirilgan. Ma`lumot uchun, eng yaqin yong`in o`chirish qismdan yong`in sodir bo`lgan manzilgacha masofa taxminan 18 km. ni tashkil etadi.
Yong`in natijasida yuk avtomashinasining tirkamasiga yuklangan taxminan 25 tonna polietilen rulonlar yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va etkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






