AsosiyJamiyat

O`rtachirchiqda paxta ortilgan traktor va "Tracker" to`qnashdi

'O`rtachirchiqda paxta ortilgan traktor va "Tracker" to`qnashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`rtachirchiq tumanida sodir bo`lgan YTH haqida xabar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 11 oktyabr kuni soat 20:55 larda, Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani hududidan o`tgan 4R-20 "Toshkent-To`ytepa" avtomobil yo`lining 27-kilometrida Toshkent shahridan Nurafshon shahri tomon harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan Z.I. boshqaruvidagi "Tracker" rusumli hamda bir yo`nalishda, oldinda bo`lgan haydovchi, 1964 yilda tug`ilgan N.S. boshqaruvidagi 2 ta tirkamali "MTZ-80" rusumli traktor ishtirokida YTH sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida "Tracker" rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan O`rtachirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar