Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 28-30 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja issiq bo`ladi.





