5 yildan davomida og`ir sharoitda yashagan Nukuslik fuqaroning "avariya"holatiga kelib qolgan uyi tufayli o`zining va qizining sog`lig`i jiddiy zarar ko`radi.
Qoraqalpog`istonlik ayol mana shu muammo echimini kutib Ombdudsmanga murojaat qiladi.
Oradan hech qancha vaqt o`tmay murojaatchining holatini o`rganish uchun Ombudsmanning Qoraqalpog`iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga hududga etib boradi.
Mintaqaviy vakil murojaatchining uy manziliga ma`sul sektor rahbari, mahalla bo`lim boshlig`i va fuqarolar yig`ini raisi bilan borganida haqiqatdan ham fuqaro juda og`ir sharoitda yashayotganiga guvoh bo`ladi. Unga asosan, uyning tom qismidagi taxtalarni vahmak (termit) hasharoti eb bitirayotgani sababli, turar-joy avariya holatiga kelib qolgan.
Qolaversa, yog`ingarchilik bo`lsa uy tomidan chakki o`tadi, isitish tizimi ishlamagani sababli uy doim sovuq va zax holatda bo`ladi.
O`rganish ishlari davomida fuqaro B.Z. ishsizligi sababli arzon turar-joy uchun ipoteka kreditini rasmiylashtira olmayotgani va to`lovlarni vaqtida to`lashi uchun ham doimiy ishga ega bo`lishi kerakligini ma`lum qilgan.
Ombudsman vakili Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan murojaatchiga shahar hokimligi balansida turgan Nukus shahar “Eliabad” MFY hududida joylashgan xonadon vaqtincha ajratib berilgan.
"Hozirgi kunda fuqaro B.Z.ning mutaxassisligi bo`yicha doimiy ish bilan ta`minlanish choralari ko`rilmoqda",- deya "Darakchi"ga ma`lum qilmoqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.






