Fermerlardan kelayotgan murojaatlarni inobatga olib quyidagilar eslatib o`tiladi:
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son "G`alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qaroriga asosan, 2021 yil hosilidan boshlab davlat tomonidan g`allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to`liq voz kechilgan;
- Fermerlar va boshqa korxonalar tomonidan etishtirilgan g`alla barcha iste`molchilarga, shu jumladan, donni qayta ishlovchi korxonalar, g`allachilik klasterlari va treyderlarga birja savdolari orqali yoki to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida erkin bozor narxida sotiladi.
Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga muvofiq, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Ya`ni hech kimning kimnidir majburiy ravishda, shu jumladan, fermerlarga ham shartnoma tuzdirishga haqqi yo`q.
Hurmatli fermerlar: klaster, hokimiyat vakili yoki boshqa shaxs sizga majburiy shartnoma tuzdirishga harakat qilgan hollarda prokuratura va boshqa huquqni muxofaza qilish idoralariga murojaat qilish huquqingiz borligini unutmang. Ular o`ziga yuklatilgan vazifalaridan kelib chiqib,sizning huquqlaringizni himoya qilishga majburdirlar.






