Chorvoq yaqinidagi "Chotqol" dam olish maskani sotuvga qo`yildi. Bu haqda “Spot.uz” xabar berdi.
Unda aytilishicha, uni sotib olish istagida bo`lgan xaridor 200 o`rinli mehmonxona qurishi lozim. Maskanning boshlang`ich narxi 12,2 milliard so`m etib belgilangan.
Ushbu joy 9,1 gektar maydonda joylashgan bo`lib, bino va inshootlarning umumiy hajmi 2074 kv.m. Shuningdek, suv va elektr ta`minoti mavjud, lekin gaz yo`q.
Dam olish maskani 1988 yilda ochilgan bo`lib, hozirda o`z faoliyatini to`xtatgan. Uning bo`lajak yangi egasi 2 yil ichida mazkur hududda sayyohlar uchun kamida 200 o`rinli, 3 yulduzli, uch qavatli mehmonxona qurishni o`z zimmasiga oladi.
Arizalar 10 noyabrga qadar qabul qilinadi, auksion 12 noyabrga belgilangan.
Ma`lumot uchun: "Chotqol" - Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 2020 yil sentyabr oyida sotuvga qo`yilgan 26 ta dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.





