AsosiyJamiyat

Namangandagi YTH velosipedchining umriga zomin bo`ldi

'Namangandagi YTH velosipedchining umriga zomin bo`ldi'ning rasmi

10 oktyabr kuni soat 14:20 larda, Namangan shahar Nurafshon MFY Uychi ko`chasida, Chortoq tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaro  avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi, Chortoq tumanida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, velosipedchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 oktyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar