Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Bosh prokuratura tomonidan “Bola huquqlarining kafolatlarini ta`minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va ko`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi kiritildi.
Bu bilan Jinoyat va Jinoyat-prosessual kodekslarga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Ya`ni, voyaga etmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish yoshini o`n uch yoshdan o`n to`rt yoshga ko`tarish, voyaga etmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari sanksiyalarini kuchaytirish nazarda tutilyapti.
Shuningdek, loyihaga voyaga etmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so`roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida to`rt soatdan oshmasligini belgilash, voyaga etmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini so`roq qilishda voyaga etmagan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga ko`ra psixolog ishtirok etishini ta`minlashga qaratilgan normalar kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini dastlabki ko`rib chiqish yakunlari yuzasidan qaror qabul qilingan.






