Yo`lovchilarning talablarini inobatga olib, ularga yanada ko`proq transport xizmatlarini ko`rsatish maqsadida 2021 yil 20-21 oktyabrdan boshlab, “Toshkent-Shahrisabz-Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan 4/3 sonli yo`lovchi poezdining harakat jadvaliga o`zgartirish kiritiladi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko`ra, hozirgi kunda Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan harakatlanayotgan 4-sonli “Toshkent-Shahrisabz” yo`lovchi poezdi, joriy yil 20 oktyabrdan boshlab yangi jadval asosida, ya`ni soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan, shuningdek, joriy yil 21 oktyabrdan “Shahrisabz-Toshkent” yo`nalishida harkatlanayotgan 3-son yo`lovchi poezdi soat 05:31 da Shahrisabz temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshirishni boshlaydi.
Eslatib o`tamiz, bugungi kunda 4-sonli “Toshkent-Shahrisabz” yo`lovchi poezdi soat 09:00 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan, “Shahrisabz-Toshkent” yo`nalishida harkatlanayotgan 3-son yo`lovchi poezdi esa soat 17:04 da Shahrisabz temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshirmoqda.
Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.






