Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga kelib tushgan 21 mingga yaqin ariza, shikoyat va taklifning 51 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlariga to`g`ri kelsa, 22 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 15 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 11 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to`g`ri kelgan. Bu haqda Agentlik axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog`aeva AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.
Ko`rib chiqilgan murojaatlarning 79 foizi qanoatlantirildi, 18 foiziga tegishli tushuntirish berildi va 3 foizi vakolatli idoralarga yuborildi.
O`rganishlar davomida aniqlangan iste`molchilarga etkazilgan zarar miqdori 136 milliard 900 million so`mni tashkil etdi. Bugungi kunga qadar Agentlik sa`y-harakatlari bilan iste`molchilar foydasiga 86,5 milliard so`m mablag` (ya`ni aniqlangan mablag`ning 63,1 foizi) qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.






