«Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi Alisher Qodirov andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda davomida migrantlardan ham soliq undirish taklifini ilgari surdi.
Uning ta`kidlashicha, hozir faqat migrantlar oilasiga yuborayotgan pulning oilasiga foyda bo`lyapti xolos. Undan soliq olinayotgani yo`q. U mamlakatning taraqqiyoti uchun foydalanilmayapti. Shuning uchun nomzod yanada vatanparvarroq bo`lab, migrantlar ham o`zining solig`ini mamlakat taraqqiyoti uchun to`lashini taklif qildi.
«Nima uchun bizda bugun migrantlar xorijda ishlab topgan daromadidan soliq to`lamasligi kerak? O`zbekistonning taraqqiyoti uchun, kelinglar, soliq to`laylik.", — deya migrantlarga murojaat qildi Alisher Qodirov.
Nomzodning bu taklifi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Ayniqsa, ayni damda, Rossiyada mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz o`zlarining munosabatlarida e`tirozlarini oshkor namoyish etishmoqda.