O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan Yoshlar ijod saroyida Prezident saylovini xolis va haqqoniy yoritishni ta`minlash maqsadida Xalqaro media xoll tashkil etildi.
Media xollda saylov doirasidagi 40 dan ortiq tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu erda siyosiy partiyalarning dasturlari taqdimoti, vazirlik va idoralar hamda ekspertlar ishtirokida yurtimizda so`nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma`rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar ko`lami bo`yicha 40 dan ortiq tadbirlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.
Media xoll xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy jurnalistlar hamda mehmonlar uchun muloqot maydoni bo`lib xizmat qiladi.