AsosiyJamiyat

​​Gripp va COVID-19: vaksinalar bilan qanday emlanish kerak?

'​​Gripp va COVID-19: vaksinalar bilan qanday emlanish kerak?'ning rasmi

Gripp va SARS-CoV2 viruslari bilan bir vaqtning o`zida kasallanish respirator infeksiyaning og`ir shakllariga olib kelishi va o`lim holati xavfini oshirishi aniqlangan. Klinik ko`rinishi bo`yicha infeksiyalarni farqlash qiyin, bu esa noto`g`ri davolashga sabab bo`lishi mumkin.

Grippga qarshi emlanish zarurmi, agar zarur bo`lsa, ikki vaksinadan qanday foydalanish kerak?

Savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Vaksinalar va immunoprofilaktika bo`limi boshlig`i Dilorom Tursunova javob berdi:

«JSSTning vaqtinchalik tavsiyalari va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatining yo`riqnomalariga binoan koronavirus va grippga qarshi emlashlar orasidagi interval 14 kun deb belgilangan.

Agar siz vaksinasiya jarayonini o`tayotgan bo`lsangiz, COVID-19 vaksinasiyasi to`liq yakunlanganidan keyin grippga qarshi emlanish tavsiya etiladi.

Koronavirus kasalligini boshidan kechirgan shaxslar, kasallikning kechish og`irligidan kelib chiqqan holda, 6 oydan keyin emlanishlari maqsadga muvofiq. Emlanishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Ayni damda koronavirus infeksiyasi xavfliroq tabiatga ega, shuning uchun ham, agar shaxs hech qanday emlanishni boshlamagan bo`lsa, emlanishni COVID-19'ga qarshi vaksinadan boshlagan ma`qul.»

    Boshqa yangiliklar