“Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi 2022 yil 1 yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi.
Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ tibbiy xizmat ko`rsatish Markazning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Qaror bilan Markazni samarali tashkil etish va rivojlantirishga oid konsepsiya tasdiqlandi.
Onkologik va gematologik bemorlarga respublika bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun imtiyozli yo`llanma berilgan taqdirda ularning transport xarajatlari mahalliy byudjetdan qoplab beriladi.






