AsosiyJamiyat

"Toshkentda yongan Nexia" yuzasidan ma`lumot berildi

'"Toshkentda yongan Nexia" yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Sebzor chorrahasida "Nexia" avtomobili yonib ketganligi bo`yicha Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.

13 oktyabr kuni soat 22:30 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, "Nurafshon-Sebzor" ko`chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1989 yilda tug`ilgan Sh.M. boshqaruvidagi "Lacetti" hamda haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan D.Q. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan va "Nexia" avtomobilida yong`in yuzaga kelgan.

Yong`in bartaraf etilgan. To`qnashuv va yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositalariga zarar etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar