AsosiyJamiyat

«Toshkent yo`lbarsi»ga uy qurib berilmoqda (foto)

'«Toshkent yo`lbarsi»ga uy qurib berilmoqda (foto)'ning rasmi

«Toshkent yo`lbarsi» nomi bilan jahonga mashhur bo`lgan afsonaviy bokschimiz Rufat Risqiev yil yakunigacha yangi uyga ko`chib o`tadi. Bu haqda Markaziy Olimpiya Qo`mitasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Davlatimiz rahbarining ko`rsatmasiga binoan har bir sohada faxriylarimizga e`tibor qaratish, ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, holidan xabar olish bo`yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O`zbekiston boks federasiyasining bosh homiysi «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqievga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi», deyiladi xabarda.

Loyihaga ko`ra, Rufat akaning xonadonidagi bo`sh er maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega 3 xonali uy qurib beriladi. Reja bo`yicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschimiz unga ko`chib o`tadi.


 

 

    Boshqa yangiliklar