AsosiyJamiyat

Yoshlar bandligi uchun berilgan erdan foydalanganlar kim? Yoxud Ombudsman nazoratiga olingan yana bir murojaat xususida

'Yoshlar bandligi uchun berilgan erdan foydalanganlar kim? Yoxud Ombudsman nazoratiga olingan yana bir murojaat xususida'ning rasmi

Ombudsmanga Buxoro viloyati Qorako`l tumanida yashovchi fuqaro N.N. tomonidan yoshlar bandligini ta`minlash maqsadida ajratilgan er maydoniga ekilgan g`alla hosili va undan chiqadigan somon berilmaganligi hamda takroriy ekin uchun er maydoni ajratilmaganligi haqida murojaat kelib tushadi.

 Murojaat o`rganilishi natijasida haqiqatdan ham ushbu fuqaroga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 fevraldagi tegishli  yig`ilish bayoniga binoan, qishloq xo`jaligida yoshlar bandligini ta`minlash, ularni moliyaviy qo`llab- quvvatlash, qishloq joylarda yangi ish o`rinlarini yaratish maqsadida murojaatchiga ikkilamchi ijara shartnomasi asosida Qorako`l tumanidagi “Navro`z Botir” fermer xo`jaligining g`alla ekilgan maydonidan o`n sotix er maydoni ajratilgan. 

Mazkur er maydonidagi g`alla parvarishi bilan bog`liq barcha agrotexnika tadbirlari “Navro`z Botir” fermer xo`jaligi tomonidan amalga oshirilganligi sababli, etishtirilgan g`alla hosili fermer xo`jaligi tomonidan yig`ishtirib olingan.

 Lekin, murojaatchining ulushi ajratib berilmagan. Fuqaro N.N o`z arizasida “...hosilni ololmagach, erga takroriy ekin ekmoqchi bo`lganimda, menga tegishli maydonga “Navro`z Botir” fermer xo`jaligi tomonidan allaqachon ekinlar ekilgani bois, menga boshqa er ajratilishi aytilgandi. Lekin, avgust oyiga qadar er ajratilgani yo`q” deb yozgan.

 Murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, Vakilning prokuratura organlariga qilgan murojaatiga asosan, fuqaro H.N.ga o`n sotix er maydonidagi g`alla hosilidagi ulushi undirib berilgan.

 Shuningdek, murojaatchiga avvalgi ajratib berilgan er maydoni takroriy ekinlar ekilgan holda qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar