AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berildi

'Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Ushbu dam olish kunlari va keyigi hafta boshida respublika bo`yicha kuchsiz shamollar bilan bulusiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Kechasi va ertalab havo juda salqin, 6-9° iliq atrofida bo`ladi, kun davomida quyosh havoni 22-25° iliqqacha isitadi. Bu oktyabr oyining o`rtalari uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 2-3° ga yuqoridir. 

"Biroq, shuni eslatib o`tamizki, eng issiq bo`lgan oktyabr oylarida Toshkentda kunduz kungi harorat 32-35° iliqqacha ko`tarilgan",–deyiladi markaz axborotida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar