Namanganda inson o`limi bilan bog`liq yana bir YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 11 oktyabr` kuni soat 22:00 larda, Namangan shahar G`ishtko`prik MFY hududida, Namangan tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlar bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay qoladi. Natijada haydovchi yo`lning o`ng chetida turgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1981 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 oktyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.