Moskva Rossiya bilan ittifoqdosh barcha mamlakatlarda rus maktablari tashkil etilishidan manfaatdor, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, deya xabar bermoqda Ria Novosti.
"Tojikistondagi beshta rus maktabida bizning metodologiyamiz bo`yicha o`qitish dasturi yaratilmoqda. Hozir O`zbekiston uchun ham shunday dastur tayyorlanmoqda. Yaqinda Armanistonning yangi rahbariyati Armaniston uchun ham xuddi shunday dasturni yaratishga qiziqish bildirgan", degan Lavrov.
Uning so`zlariga ko`ra, Moskva buni barcha ittifoqchilar va strategik sheriklar uchun namunali loyihaga aylantirishdan manfaatdor.
"Rossiya universitetlarining MDH mamlakatlaridagi filiallari tizimi ham juda yaxshi tashkil etilgan, kengaytirish va rivojlanishga intiladi",-deya qo`shimcha qilgan vazir.
Mazkur ma`lumot qay darajada asosli ekanini bilish maqsadida Xalq ta`dimi vazirligi Matbuot xizmati bilan bog`landik. Vazirlik Matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha,. vazirlikda ayni damda O`zbekistonda rus tilida ta`lim berishga ixtisoslashgan yangi maktablarni ochish bo`yicha ma`lumot mavjud emas.