AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangan bolalar soni ma`lum qilindi

'O`zbekistonda Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangan bolalar soni ma`lum qilindi'ning rasmi

Avvalroq, shu yilning 28 sentyabridan O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo`lga qo`yilgani haqida xabar berilgan edi.

Ayni paytda SSV Axborot xizmatining xabar berishicha, 14 oktyabr holatiga ko`ra, yurtimizda 151 124 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.  

Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (37 395 doza), Andijon (22 502 doza), Namangan (21 837 doza) viloyatlarida yuqori sur`atlarda olib borilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar