AsosiyJamiyat

Toshkentda uchinchi zamonaviy DXM ish boshladi

'Toshkentda uchinchi zamonaviy DXM ish boshladi'ning rasmi

Yashnobod tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi o`z faoliyatini boshladi. 

DXA axborot xizmatining qayd etishicha, bino 800 kvadrat metr maydonga ega.

 Shuningdek, yangi tashkil etilgan markaz murojaatchilarga bir vaqtning o`zida 160dan ortiq turdagi xizmatlarni ko`rsatish imkoni beradi.  

Bu erda boshqa DXMlar kabi aksariyat davlat xizmatlaridan eksterritorial prinsip asosida, ya`ni yashash va turgan joydan qat`iy nazar foydalanish mumkindigi aytilmoqda.  

Shu jumladan, murojaatchilar bir joyning o`zida turli masalalarga echim topishlari mumkin, ya`ni endilikda fuqarolarning idorama-idora ovoragarchiliklarini oldini olish maqsadida binoga Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi hamda FHDYo bo`limlari joylashtirilgan.

Ma`lumot uchun, hozirda Toshkent shahrida 12 ta davlat xizmatlari markazi mavjud bo`lib, ularning uchtasi zamonaviy shart-sharoitlarga ega.

    Boshqa yangiliklar