1

Shavkat Mirziyoev MDHning 30 yilligiga bag`ishlangan majlisda ishtirok etdi

Jamiyat 15.10.2021, 20:43
Teglar: MDH
Shavkat Mirziyoev MDHning 30 yilligiga bag`ishlangan majlisda ishtirok etdi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 15 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o`tgan yubiley majlisida ishtirok etdi.

 Kun tartibiga muvofiq delegasiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining 30 yillik davrida ko`p tomonlama hamkorlikning rivojlanishi va erishilgan yutuqlar yuzasidan fikr almashdilar, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.

 Unga asosan, yig`ilishda mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko`rib chiqilgan.

 O`zbekiston rahbari o`z nutqida MDH doirasidagi sheriklikni mustahkamlashning muhim yo`nalishlari yuzasidan nuqtai-nazarini bayon qilgan. Hamdo`stlik mamlakatlarida barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlash muhim ekani alohida ta`kidlangan.

Sharhlar

O`zbekiston delegasiyasi MDHning yagona elektron platformasini yaratish bo`yicha loyiha muhokamasida qatnashdi

18.08.2021, 17:48

Joriy yilning 17 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi raisligida videokonferensiya shaklida axborot almashish uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining Yagona elektron platformasini yaratish bo`yicha Konsepsiya loyihasini kelishish bo`yicha...
O`zbekiston MDH hududida pivo mahsulotlarini majburiy raqamli markalashni boshlagan birinchi mamlakat bo`ldi

08.04.2021, 17:06

Tamaki va alkogolli ichimliklar, shu jumladan, pivo mahsulotlarini raqamli yorliqlash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish CRPT Turon kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, deya xabar qilmoqda Davlat soliq qo`mitasi...
MDH davlatlari orasida koronavirus bilan bog`liq vaziyat ma`lum qilindi

11.11.2020, 10:50

 MDH davlatlari orasida koronavirus bilan bog`liq vaziyat ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda "Worldometers".1. Rossiya ➖1 817 109 (+20 977)2.  Ukraina ➖479 197 (+10 179)3. Qozog`iston...
MDH hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi O`zbekiston raisligida videokonferensiya shaklida bo`lib o`tadi

05.11.2020, 21:50

O`zbekiston raisligida 2020 yil 6 noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi videokonferensiya shaklida bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston bosh vazirining matbuot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1