Chilonzor tumanida traktor hamda "Cobalt" avtomobili ishtirokida sodir bo`ldi.
Gap shundaki, raktor tirkamasi "Cobalt" ustiga qulab tushdi.
YHXBBning xabariga ko`ra, holat quyidagicha yuz bergan.
2021 yil 15 oktyabr kuni soat 16:15 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasida haydovchi, 1974 yilda tug`ilgan A.K. "Cobalt" rusumli avtomobilda tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan o`tayotgan piyodani o`tkazib yuborish maqsadida to`xtagan vaqtida uning ortidan kelayotgan traktor haydovchisi, 1964 yilda tug`ilgan A.P. rulni burib, boshqaruvni yo`qotishi oqibatida traktorning bitta tirkamasi "Cobalt" avtomobilining orqa tomoniga tegib ag`darilgan.
Qayd etilishicha, YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilayotgani ma`lum qilindi.
"Barcha haydovchilardan yo`llarda oraliq masofani saqlab, qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.