AsosiyJamiyat

Kelishuvga erishildi: o`zbekistonliklar Perm o`lkasidagi yirik qurilish ob`ektlariga ishga yuboriladi

'Kelishuvga erishildi: o`zbekistonliklar Perm o`lkasidagi yirik qurilish ob`ektlariga ishga yuboriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari E.Muhitdinov Rossiya Federasiyasida bo`lib turibdi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati. 

Tashrif doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari E.Muhitdinov, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i o`rinbosari X.Fayzullaxo`jaev ishtirokida “Dom.59” mas`uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuvda ikki davlat o`rtasida mehnat migrasiyasi sohasida samarali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so`nggida Rossiya Federasiyasi Perm o`lkasidagi yirik qurilish ob`ektlariga O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha kelishuvga erishildi.

 

    Boshqa yangiliklar