«Uzbekistan airways» Samarqanddan va ortga sayohat rejalashtirayotganlar uchun muhim xabar e`lon qildi.
Unga ko`ra, Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan joriy yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar "Uzbekistan airways"ning barcha qatnovlari Samarqanddan va ortga ko`rsatilgan muddatga bekor qilinadi.